12:40 / 29.07.2015
2540

Laosda 23 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan vertolyot yo‘qolib qoldi

Laos hududida 19 nafar yo‘lovchisi va 4 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan Mi-17 s rusumli harbiy vertolyot yo‘qolib qoldi. Bu haqda Radio Free Asia nashri xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, bu vertolyot Vittay aeroportidan havoga ko‘tarilganidan keyin aloqaga chiqmagan.

Qutqaruvchi guruhlar ob-havo noqulayligi tufayli qidiruv ishlarini boshlay olishmayapti.

Biroz oldinroq, Laosda Slovakiyadan keltirilgan, o‘tgan asrda ishlab chiqarilgan shunday rusumdagi vertolyot halokatga uchragandi va 1 kishi halok bo‘lgandi.

Top