Latviya Milliy qurolli kuchlari o‘z chegaralari yonida Rossiya harbiy samolyotlari va kemalarini aniqlaganini aytdi.
Ma'lum qilinishicha, Latviya patrul samolyotlari Boltiq dengizining neytral hududlari ustida Rossiya Harbiy-havo kuchlarining ikkita An-124 samolyoti va bitta Il-76 samolyotini aniqlagan. Shuningdek, Latviyaning iqtisodiy hududida Rossiyaga tegishli “Merkuriy” kemasi aniqlangan.
Avvalroq Latviya Milliy qurolli kuchlari hududiy suvlar chegarasida Rossiya suv osti kemasi va harbiy kemalar guruhini aniqlaganini ma'lum qilgandi.