09:57 / 29.07.2015
3743

Mogerini Eron bilan erishilgan kelishuvni savdo munosabatlarini rivojlantirishning eng yaxshi yo‘li deb hisoblaydi

YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini bergan bayonotga ko‘ra, Eronga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarning bekor qilinishi yadroviy dastur bo‘yicha erishilgan kelishuv ijrosi bilan bir tekis amalga oshirilishi lozim. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Siyosatchining fikricha, bu taktika Eronga Yevropa investitsiyalarining kirib kelishiga imkoniyat berish bilan birga, savdo munosabatlarining rivojlanishiga yordam beradi.

Bundan tashqari, Mogerini xonim mintaqada xavfsizlik va barqarorlikning mustahkamlanishi ko‘p jihatdan shu jarayonga bog‘liq bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi. Bunda birinchi navbatda Eron rahbariyatining tashqi siyosatda yangi sahifa ochishga bo‘lgan kuchli irodasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Top