07:18 / 29.07.2015
3015

Motorola kompaniyasi ikkita Moto X va Moto G smartfonlarini namoyish qildi

Motorola kompaniyasi yangilangan smartfonlar qatorini namoyish qildi. Bu qatorga ikkita Moto X smartfoni kiritildi. Bu haqda GSMArena ma'lum qildi.

Moto X ning ushbu versiyalari Style va Play nomini oldi. Moto X Style – yuqori darajadagi model bo‘lib, 5,7 dyuymli 2560x1440 nuqta ko‘rsatish qobiliyatiga ega displey bilan jihozlangan. Smartfon Qualcom Snapdragon 808 protsessori, 3 Gb operativ xotira, 4K formatida video yozish imkoniyatiga ega 21 Mp li kamera va tez zaryadlanish funksiyasiga ega 3000 mA-soat akkumulyatori bilan jihozlangan. Smartfon narxi AQShda 399 dollarni tashkil qiladi.

Moto X Play 5,5 dyuymli FullHD-displeyiga ega kamroq quvvatliroq modifikatsiya bo‘lib, Qualcomm Snapdragon 615 protsessori, 2 Gb tezkor xotira va FullHD frrmatda video yozish imkoniyatiga ega 21 MP li kamera bilan jihozlangan. Smartfon akkumulyatori 3630 mA-soat hajmga ega. Smartfon narxi 299 dollarni tashkil qiladi.

O‘rtacha narx segmentidagi Moto G smartfoni 1280x720 nuqta ko‘rsatish qobiliyatiga ega 5-dyuymli displey, Qualcomm Snapdragon 410 protsessori va 13 Mp li kamera bilan jihozlangan. Akkumulyator sig‘imi 2470 mA-soatni tashqil qiladi. Bundan tashqari, Moto G smartfoni IPx7 standarti bo‘yicha namlikdan saqlash himoyasiga ega. Qurilmaning narxi 8 Gb li versiyasi uchun 180 dollarni va 16 Gb li versiyasi uchun 220 dollarni tashkil qiladi.

Top