17:49 / 29.07.2015
2145

Nazarboyev Qozog‘istonning Xalqaro savdo tashkilotiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Xalqaro savdo tashkiloti direktori Roberto Azevedo bilan birga mamlakatning tashkilotga qo‘shilishi to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

20 yil davom etgan muzokaralar natijasida Qozog‘iston ushbu tashkilotga qabul qilingani bir muddat ilgari xabar qilingan edi. Qozog‘istonning savdo alyansiga a'zo bo‘lishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bugun Jyenevada bo‘lib o‘tmoqda. U yerdagi delegatsiyaga mamlakat rahbari Nursulton Nazarboyev boshchilik qilmoqda.

XSTning bosh kengashi Qozog‘istonning qabul qilinish jarayonini tartibga soluvchi hujjatlar paketini bir ovozda ma'qulladi. Qozog‘iston shu yil oxirida tashkilotning 162-a'zosiga aylanadi.

Ilgariroq ushbu tashkilotga a'zolik tufayli Qozog‘istonda import mahsulotlari arzonlashishi xabar qilingan edi.

Top