15:21 / 29.07.2015
6936

OAV: Afg‘onistonda "Tolibonlar" yetakchisi mulla Umar o‘ldirildi

29 iyul kuni Afg‘oniston OAVlari "Tolibonlar" yetakchisi mulla Muhammad Umarning o‘ldirilgani haqida xabar tarqatishdi. Buni nashrlarga Afg‘oniston hukumatiga yaqin manba ma'lum qilgan. Hukumat esa hali bu haqda rasmiy bayonot bilan chiqmagan.

Mahalliy nashrlarda aytilishicha, bu ma'lumot "Tolibonlar"dan alohida ajralib chiqqan "Mahaz Fidoiy" jangarilaridan olingan.

Mulla Umarni uning yordamchilari Axtar Muhammad Mansur va Gul Og‘a o‘ldirgani gumon qilinmoqda.

Pokistondagi The News nashrining yozishicha, agar mulla Umarning o‘limi tasdiqlansa, uning o‘rniga katta o‘g‘li Muhammad Yoqub "Tolibonlar"ning yangi yetakchisi sifatida tan olinadi.

Eslatib o‘tamiz, "Tolibonlar" Afg‘oniston hukumati bilan muzokara boshlagan, yaqin vaqt ichida Xitoyda muzokaralarning ikkinchi bosqichi o‘tkazilishi kutilayotgandi.

Top