18:07 / 29.07.2015
3606

O‘zbekiston maktablariga boshqa davlat fuqarolarini qabul qilish tartibi o‘zgardi

O‘zbekiston xalq ta'limi vazirligining 2015 yil 21 iyulidagi 18-mh qarori bilan chet el fuqarolarining hujjatlarini respublika umumta'lim muassasalariga topshirish va ko‘rib chiqish tartibiga bir qator o‘zgartishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz sayti xabar bermoqda.

Endilikda maktabga kirish uchun chet el fuqarolari bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning maktabga qabul qilish haqidagi murojaatnomasini taqdim etishi kerak bo‘ladi.

Ilgari bunday hujjatni faqat bolalarning ota-onasi taqdim etishi mumkin edi.
Hujjat bilan yana bir qator boshqa o‘zgartishlar ham kuchga kirdi. U O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi to‘plamining 2015 yil 27 iyulidagi 29-sonida rasmiy nashr qilinishi bilan kuchga kiradi.

Top