23:31 / 29.07.2015
4232

Sankt-Peterburg Yo‘l harakati xavfsizligi bosh inspeksiyasida navbatdagi sportkar paydo bo‘ldi

Sankt-Peterburg Yo‘l harakati xavfsizligi bosh inspeksiyasi avtoparkida Audi R8 sportkari paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Moskva 24” telekanali.

Avtomobilni avtoinspektorlarga nomi ma'lum qilinmagan tashkilot sinov uchun bergan.

Mashina 540 ot kuchiga ega 5,2 litrli dvigatel bilan jihozlangan va uning narxi 7 mln rublni tashkil qiladi.

Iyunda BAA politsiyasi 3,4 mln dollarga dunyodagi eng kamyob superkarlardan birini xarid qilgani ma'lum qilingandi.

Top