22:54 / 29.07.2015
2633

Sesk Fabregas: "Barselona" dunyodagi eng yaxshi jamoa

"Chelsi" jamoasining ispaniyalik yarim himoyachisi Sesk Fabregas o‘zining sobiq jamoasi "Barselona"ni dunyoning eng yaxshi jamoasi sifatida bilishini ma'lum qildi.

"Barselona"ga qarshi o‘ynash ajoyib bo‘ldi. Men bu jamoa tarkibida o‘z faoliyatimdagi eng yaxshi davrlarni o‘tkazganman. Umuman, hayotimning eng yaxshi davri Kataloniya bilan bog‘liq. "Barselona"ni dunyoning eng yaxshi jamoasi sifatida bilaman. Hech qachon bu jamoadagidek kuchli hujum chizig‘ini ko‘rmaganman. Messi, Suares va Neymardan iborat bu uchlik har qanday himoya uchun qo‘rqinchli hisoblanadi", deydi Fabregas Goal.com nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, Fabregas "Barselona" 2011 yildan 2014 yilgacha 3 mavsum davomida o‘ynagan va Ispaniya chempionati doirasida 96 o‘yinda maydonga tushib, 28ta gol urgan hamda 42ta golli pas amalga oshirgan.

Top