16:50 / 29.07.2015
2939

Turkiya harbiy havo kuchlari Iroq shimolidagi kurd jangarilariga qarshi yirik harbiy amaliyot o‘tkazdi

Turkiya aviatsiyasi Kurdiston ishchi partiyasining Shimoliy Iroqdagi deyarli barcha asosiy nuqtalariga zarbalar berdi. HaberTürk telekanalining ma'lum qilishicha, aviazarbalar berish seshanba kuni boshlab, tun bo‘yi davom etgan.
Bombalarga KIPning bazalar joylashgan Qandil tog‘ massivi nishon qilindi. Amaliyotlarda Diyorbakr viloyatida turuvchi 15ta F-16 samolyotlari ishtirok etdi. Zarbalar Iroqning yetti nuqtasiga berildi. Asosiy nishon jangarilarning bazalari bo‘lib, ularga qarshi yer osti boshpanalarini vayron qiluvchi maxsus aviabombalar ishlatildi. Qarorgohlardan birida KIPning asoschilaridan biri va tashkilotning harbiy bo‘linmalari qo‘mondoni Jamil Bayiq ham bor edi.
Telekanalning ta'kidlashicha, ushbu operatsiya Turkiya harbiy havo kuchlari tomonidan Shimoliy Iroqda o‘tkazilgan oltita harbiy amaliyot ichida eng yirigi bo‘ldi. Kurd radikallariga qarshi zarbalar berilganini KIPga yaqin ANF kurd axborot agentligi ham tasdiqladi.

Top