13:59 / 30.07.2015
6278

“Kommersant'”: AQSh va YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish imkoniyatlarini qidirmoqda

Ayrim manbalarning guvohlik berishicha, Rossiyaga nisbatan iqtisodiy va siyosiy cheklovlarni joriy qilgan G‘arb mamlakatlari ularni cheklab o‘tish imkoniyatini qidirmoqda. “Kommersant'” gazetasining yozishicha, bu birinchi navbatda mashinasozlik sohasiga doir.
Diplomatlar Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilinishini ehtimoldan uzoq deb bilmoqda. Shu bilan birga, Rossiya kompaniyalariga sektoral sanksiyalarni chetlab o‘tishga imkon beradigan yo‘llar qidirilmoqda. Bu borada Eronga nisbatan uzoq yillar amalda bo‘lgan sanksiyalar hamda ularni chetlab o‘tish bo‘yicha qozonilgan tajriba yordam berishi aytilmoqda.

Top