16:34 / 30.07.2015
3616

O‘zbekistonda 2015 yil oxirigacha aholining raqamli televideniye bilan ta'minlanishi ko‘rsatkichi 70 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda raqamli televideniyega o‘tish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunga kelib raqamli televideniye xizmatidan foydalanayotgan aholi 54 foizga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati ma'lumot bermoqda.

Vazirlik hisobotida yozilishicha, 2015 yil oxiriga qadar o‘rnatish nazarda tutilgan 19 ta raqamli teleuzatkichlar orqali bu ko‘rsatkichni 70 foizga yetkazish rejalashtirilgan. 2017 yilga kelib raqamli televideniye respublikaning barcha qismini qamrab oladi.

Hozirgi kunda raqamli televideniye Farg‘ona viloyati, Tashkent shahri va viloyati, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Andijon, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlaridagi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Top