12:57 / 30.07.2015
2639

AQSh Isroil tomonidan Iordanning g‘arbiy qirg‘og‘ida qurilish ishlarining kengayishiga qarshi

AQSh hukumati Isroilning Iordanning g‘arbiy qirg‘og‘ida 300ta uy qurish borasidagi rejalaridan tashvishdaligini bildirdi. Bu haqda AQSh davlat departamenti vakili Mark Toner ma'lumot berdi.
“Biz Isroil hukumatining Iordanning g‘arbiy qirg‘og‘ida, Bayt-El tumanida, shuningdek, Quddusning sharqida yuzlab yangi binolarning qurilishi borasida e'lon qilingan rejalaridan chuqur tashvishdamiz”, – uning so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh ushbu qurilishni noqonuniy hisoblab, qurilish ishlarining kengaytirilishiga qarshi chiqmoqda.

Top