23:13 / 30.07.2015
4334

AQShda karbonning butun bo‘lagidan disk tayyorlanmoqda

Iyul boshida superkarlar uchun karbon kuzov ishlab chiqarishni boshlashini e'lon qilgan AQShning Vitesse | AuDessus kompaniyasi uglerodli toladan g‘ildirak disklari ishlab chiqardi. Bunday standart shakldagi g‘ildirakning narxi 8 ming 875 dollarni tashkil qiladi.

Kompaniya karbon g‘ildiraklarni kuzovlarni ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqaradi: ugleplastik dasturiy boshqariluvchi frezer dastgohida tayyorlangan maxsus alyuminiy matritsalarda bir yaxlit bo‘lak ko‘rinishida tayyorlanadi. Matritsalarning shakli va o‘lchami avvaldan kompyuterda modellashtiriladi. Shu tarzda “Formula-1” jamoalari va superkarlar ishlab chiqaruvchi Koenigsegg kompaniyasi karbon elementlarni tayyorlaydi.

Vitesse | AuDessus’da ba'zi hollarda karbon g‘ildiraklar ressorosti bo‘lmagan og‘irlikni yarmiga kamaytirishga imkon berishini aytmoqdalar. Bu esa avtomobilning yo‘l bilan ilashishi, boshqaruvchanligi va tejamkorligining oshishiga olib keladi.

Bir komplekt karbon disklar ishlab chiqarish Vitesse | AuDessus xodimlarining 3-4 haftalik vaqtini oladi. Shaxsiy loyiha bo‘yicha yaratilgan bitta disk mijozga 10 ming 125 dollarga tushadi.

Top