17:06 / 30.07.2015
2744

Ben Afflek Betmen rolini o‘ynash uchun o‘zini hali yosh deb hisoblagandi

Ben Afflek Empire jurnaliga bergan intervyusida Zak Snayderning "Betmen Supermenga qarshi: Adolat tongida" nomli filmidagi bosh qahramon Betmen rolini o‘ynash uchun o‘zi eng munosib nomzod bo‘lmagani, o‘zi bunday rol uchun hali yoshlik qilishi haqida aytib o‘tdi.

"Lekin rejissyor menga yosh kontsepsiyasini tushuntirib berdi. U biz ko‘rmaydigan narsani ko‘ra oladi", deydi 42 yoshli aktyor Afflek.

"Snayderning aytishicha, Betmen 45-46 yoshda, lekin unda 20 yillik azob-uqubat davrida, yaqin insonlarining o‘limi tufayli tushkunlik va erta qarish ro‘y bergan.

Butun umri davomida jinoyatchilar va adolatsizliklarga qarshi kurashgan Betmen yangi filmda o‘ziga qarshi kurashishiga to‘g‘ri keladi. Supermen uning faslafiy jihatdan yangi darajaga o‘zgargan qiyofasidir", deydi Afflek.

Rejissyorning aytishicha, yangi film uchun o‘tgan asrdagi "Suitsidchilar otryadi" va "Adolat ligasi" kabi komikslarning syujyetlari asos qilib olingan.

Ma'lumot uchun, bu filmning ilk namoyishi 2016 yilning 25 mart kuniga belgilangan.

Top