21:33 / 30.07.2015
5745

Chililik yigit 17-qavatdan tushib ketib omon qoldi

25 iyulda Chilining Rankagua shahrida turar-joy binosining 17-qavatidan tushib ketgan 23 yoshli Sebastyan Reyyes ismli yigit tirik qoldi, deb xabar bermoqda ABC News telekanali.

Reyyes 40 metrdan pastga qulab, avtoturargoh tomini teshib o‘tib, yerga tushgan. Reyyes qulaganidan keyin nima bo‘lganini eslolmasligini va shifoxonada o‘ziga kelganini aytdi. Shifoxonada unga tos va son suyaklari darz ketgani tashxisi qo‘yildi. Yigit hozirda shifoxonadan chiqarilib yuborilgan.

Videokuzatuv kameralari yigitning yerga tushishi lahzasini suratga olgan.

Yigit yiqilishigacha do‘stlari bilan birga bo‘lganini aytgan. Yigitlar avval futbol uchrashuviga borganlar, so‘ngra klubda ko‘ngilxushlik qilganlar. So‘ngra ulfatlar Reyyes yiqilib ketgan kvartiraga kelganlar.

Top