09:19 / 30.07.2015
2571

FIBA basketbol bo‘yicha Rossiya terma jamoalarining musobaqalardan chetlatilganini tasdiqladi

Xalqaro basketbol uyushmasi FIBA Rossiya terma jamoalarining musobaqalardan chetlatilganini tasdiqladi. Bu haqda FIBA bergan bayonotda ma'lum qilindi.

29 iyul kuni FIBA Rossiya basketbol uyushmasini uning ishlariga davlatning aralashayotgani sababli musobaqalarda ishtirok etishdan chetlatdi. Chetlatish Rossiya terma jamoalarining FIBA ramzi ostidagi musobaqalar, shuningdek, 3x3 yoshlar musobaqalari va 30 iyulda boshlanadigan qizlar o‘rtasidagi (18 yoshgacha) Yevropa chempionatida ishtirok etishdan chetlatilishini nazarda tutadi.

FIBA RBF ushbu muammolarni 8 avgustgacha hal qilishiga umid bildirdi hamda ushbu holat yuzasidan Tokioda 8-9 avgustda bo‘lib o‘tadigan FIBA markaziy kengashining yig‘ilishida hisobot berishni taklifini bildirdi.

Top