07:17 / 30.07.2015
2188

Kafeda Injil mutolaa qilgani uchun jarimaga tortilgan pastor Yevropa inson huquqlari sudiga shikoyat qildi

Sochilik pastor Aleksey Kolyasnikov Yevropa inson huquqlari sudiga Inson huquqlari va erkinlik asoslarini himoya qilish Yevropa konvensiyasi 4ta moddasining buzilishi bo‘yicha shikoyat arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda pastorning manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Aleksandr Popkov ma'lum qildi.

Bunga ruhoniyning Rossiya sudi tomonidan maxsus ijaraga olingan qahvaxonada Injilni mutolaa qilgani uchun avvaldan ruxsat olmasdan ommaviy tadbirni tashkil etishda aybdor deb topilib, 30 ming rublga jarimaga tortilgani sabab bo‘lgan.

Kolyasnikovning shikoyatida gap odil sudlov, fikr, vijdon va din erkinligi poymol qilinishi, fikrni erkin ifoda etish va yig‘ilishlar va uyushmalar erkinligi bo‘yicha inson huquqlarining buzilishi haqida ketmoqda.

2014 yilning 10 oktabrida Sochi shahri Xostin tumani sud uchastkasining hakami Nikolay Volkov Kolyasnikovni ommaviy tadbir tashkil etishda aybdor deb topib, jarimaga tortgan edi.

Top