13:45 / 30.07.2015
4043

Lexus “uchar doska”ning namoyish qilinishi sanasini e'lon qildi

Lexus kompaniyasi YouTube’dagi rasmiy kanalida o‘zining magnit yostiqchada harakatlanuvchi “uchar doskasi” – xoverbordning namoyish qilinishi sanasi e'lon qilingan qisqa videorolikni joylashtirdi. Qurilma 5 avgustda namoyish qilinishi rejalashtirilgan.

Yerdan kichik balandlikda havoda muallaq holda harakatlanuvchi xoverbord magnit effektini hosil qiluvchi suyuq azot bilan sovitiluvchi o‘ta o‘tkazgichlar hisobiga harakatlanadi va havoda katta yoshli odamni ushlab tura oladi.

Xoverbordning ishlashi uchun metall sirt talab etiladi, chunki u yer va beton ustidan ucha olmaydi. Lexus shu maqsadda Barselona yaqinida yo‘laklariga maxsus metall konstruksiyalar kiritiladigan maxsus skeyt-park qurmoqda.

Top