08:57 / 30.07.2015
2969

MLS yulduzlari terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida "Tottenhem"ni mag‘lub etdi

30 iyul kuni AQShning Denver shahrida Londonning "Tottenhem" jamoasi MLS chempionati yulduzlaridan iborat terma jamoaga qashi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

Kaka, Vilya, Dempsi kabi yulduzlarga qarshi maydonga chiqqan "shporlar" 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘yindagi gollar jamoalarning asosiy futbolchilari Kaka (20), Vilya (23) va Keyn (37) tomonidan urildi.

MLS yulduzlari - Tottenhem 2:1
Gollar: 1:0 - Kaka (20, pen), 2:0 - Vilya (23), 2:1 - Keyn (37)
Ogohlantirish: Dayyer (36)
MLS yulduzlari terma jamoasi: (birinchi taym) Rimando, Beltran, Gonsales, Bezler, Bizli, Makkarti, Zusi, Kaka, Zardes, Vilya, Dempsi.
Tottenhem: Vorm (Makgi, 64), Uoker (Kerroll, 46), Alderveyreld (Onoma, 64), Vertongen (Vimmer, 46), Devis (Rouz, 63), Bentaleb (Tripper, 46), Dayyer (Yyedlin, 64), Shadli (Fasio, 64), Dembele (Uinks, 64), Eriksen (Alli, 46), Keyn (Kultest, 77).

Top