21:47 / 30.07.2015
2337

Moskvaning “Lokomotiv” klubining braziliyalik darvozaboni Rossiya fuqaroligini olmoqda

Moskvaning “Lokomotiv” klubining braziliyalik darvozaboni Marinato Gilerme yaqin orada Rossiya fuqaroligini oladi. Bu haqda futbolchi jurnalistlarga ma'lum qildi.

“Men yaqinda Rossiya fuqaroligini olaman. Bir necha hafta ichida bo‘lmasa ham, tez orada olaman”, deb aytdi 29 yoshli darvozabon.

Futbolchi bu yozda klubni aniq tark etmasligini aytgan. Avvalroq darvozabon “Krasnodar”ga o‘tishi mumkinligi aytilgan edi.

Gilerme “Lokomotiv”ga 2007 yilda “Atletiko Paranaense” klubidan o‘tgan. U turli musobaqalarda “Lokomotiv” safida 146 ta o‘yin o‘tkazgan.

Top