11:34 / 30.07.2015
2057

"MYu" Pedro bilan shaxsiy kelishuvga erishdi

"Manchester Yunayted" jamoasi "Barselona" futbolchisi Pedro Rodriges bilan tuziladigan shaxsiy shartnoma jihatlari borasida kelishuvga erishgan.

Sport.es nashri ma'lumotiga ko‘ra, inglizlar jamoasi 28 yoshli ushbu futbolchiga Kataloniyadagidan ko‘ra ko‘proq maosh tayinlaydi.

Qayd etilishicha, "MYu" "Barselona" bilan ham bu futbolchini 25 mln yevro evaziga transfer qilish xususida kelishib olgan.

Bundan oldinroq, "Barselona" Pedroni 30 mln yevrodan kamiga sotmasligi haqida ma'lum qilgandi. Muzokaralarning shu haftada yakunlanishi aytilgan.

Pedro "Barselona"dagi safdoshlariga jamoani tark etayotgani haqida ma'lum qilib ulgurgan.

Top