00:37 / 30.07.2015
3371

Nigerda “Boko Haram” teraktlari tufayli paranji kiyib yurish taqiqlab qo‘yildi

Nigerning janubi-sharqida ayollarga yuzlarini paranji bilan berkitib yurish taqiqlab qo‘yildi. Bu haqda The Daily Star nashri xabar bermoqda.

Bunday qaror ko‘pincha terrorchi-xudkush ayollardan foydalanuvchi “Boko Haram” guruhi teraktlarining oldini olish maqsadida qabul qilindi.

Shu sababli Chad va Kamerunda ham paranji kiyib yurish taqiqlab qo‘yildi.

Avvalroq “Boko Haram” jangarilarining Nigerdagi qishloqqa hujumi oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Top