16:35 / 30.07.2015
2621

Nokia’ning sof foydasi 4.3 martaga tushib ketdi

Nokia korporatsiyasining sof foydasi joriy yil birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra 4.3 barobarga tushib ketib, 526 mln yevroni tashkil qildi. Bu kompaniya e'lon qilgan moliyaviy hisobotdan ma'lum bo‘ldi.

2014 yili Finlyandiyaning eng yirik korporatsiyalaridan biri shu davrni 2.282 mlrd dollar bilan yakunlagan edi. 2015 yilning ikkinchi choragida foyda 86.1 foizga tushib, 348 mln yevroni tashkil qildi.
Shunga qaramay, Nokia’ning tushumi 14.2 foizga oshdi va 6.4 mlrd dollarni tashkil qildi. Yilning ikkinchi choragida tushum 9.1 foizga o‘sib, 3.2 mlrd yevroni tashkil qildi; o‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 2.9 mlrd yevroni tashkil qilgan edi.

Top