09:05 / 30.07.2015
2338

Oq uy Tolibon va Afg‘oniston hukumati o‘rtasida tinchlikka erishilishiga ishonmoqda

Tolibon harakati Afg‘oniston hukumati bilan tinchlik kelishuviga erishishi mumkin. Bu haqda Oq Uyning rasmiy vakili Erik Shults bayonot berdi.

“Biz Tolibonda Afg‘oniston hukumati bilan tinchlik kelishuviga erishib, mamlakatda barqarorlik o‘rnatish imkoniyati bor deb hisoblaymiz”, – uning so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.

“Tolibon Afg‘oniston hukumatining taklifiga ko‘nib, tinchlik jarayoniga qo‘shilishi va mamlakatdagi siyosiy tizimning qonuniy bo‘lagiga aylanishi mumkin. Aks holda ular hukumat bilan kurashni davom ettirib, o‘z mamlakatlarini beqarorlashtirishda davom etadi”, – qo‘shimcha qildi Shults.

Top