15:11 / 30.07.2015
2527

O‘zbekiston Kubogining barcha yarim final ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi

29 iyul kuni O‘zbekiston Kubogining chorak fiinal bosqichida javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi va yarim final ishtirokchilari nomi ma'lum bo‘ldi.

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi "Tsementchi"ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi o‘yinda 2:2 hisobi qayd etilgandi va endi "Paxtakor" ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, yarim finalga chiqdi.

"Paxtakor" yarim finalda Toshkentning yana bir jamoasi "Bunyodkor"ga qarshi maydonga tushadi. "Qaldirg‘ochlar" yarim final yo‘lida Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasini ikki o‘yinda 2:1 va 2:0 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ikkinchi yarim final juftligida esa Qarshining "Nasaf" va Toshkentning "Lokomotiv" jamoalari o‘zaro to‘qnashadi.

Top