15:36 / 30.07.2015
3716

O‘zbekistonda internetning umumiy tezligi 21 Gbit/sekunddan oshdi

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi kollegiyasi 2015 yil birinchi yarmida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivoji ko‘rsatkichlariga yakun yasadi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati ma'lumot berdi.

Unga ko‘ra, xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanishning umumiy tezligi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga oshib, 21.25 Gbit/sekundni tashkil qildi.
Internet tarmog‘iga ulanish portlari miqdori 699.3 minga yetdi. Qo‘llanilayotgan portlar miqdori 21.4 foizga oshdi.

Xalqaro paket kommutatsiyasi markaziga ulanuvchi operatorlar va internet provayderlari uchun tariflar 206.97 dollarga tushirilib, 1 Mbit/sekundni tashkil qildi; bu o‘tgan yil ko‘rsatkichlaridan 20.2 foizga ko‘proqdir.
UZ zonasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan domenlar soni bugungi kunda 21.86 mingdan oshib ketdi.
Yil oxiriga qadar 1.8 ming km li optik tolali aloqa kabellari yotqizilishi rejalashtirilgan.
Ayni kunda aholining raqamli telekanallarning yetkazilishi 54 foizga yetdi. 2015 yil oxiriga qadar yana 19ta raqamli televideniye uzatkichlari o‘rnatib, ushbu ko‘rsatkichni 70 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Top