15:28 / 30.07.2015
3739

Qirg‘izistonning tog‘li hududida litvalik alpinist halok bo‘ldi

Qirg‘izistonning Issiq-ko‘l viloyatidagi Kensan darasida Litva fuqarosi bo‘lgan alpinist ko‘chkiga duch kelib, toshlar ostida qoldi. Bu haqda Qirg‘iziston FVVga asoslanib, TASS nashri xabar qildi.

"Marhum alpinist Qirg‘izistonga 19 iyul kuni Litvadan 8 kishilik sayyohlar guruhi bilan kelgandi. Ular Qorako‘l-Arashan yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanishgan. Bu guruh Chon-Uson tumani hududida yer ko‘chishiga duch kelishgan. Natijada guruh a'zolaridan biri halok bo‘lib, yana biri qattiq jarohat olgan", deyiladi xabarda.

Hodisa ro‘y bergan hududga qutqaruvchilar guruhi hamda xorijlik sayyohlarning Qirg‘izistonga tashrifi vaqtida xizmat ko‘rsatadigan turistik firma vakillari yuborilgan.

Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda bu guruh xavfli tog‘ hududida qolmoqda va u joyga vertolyot chiqa olmaydi.

Matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, litvalik sayyohlar o‘zlarining harakatlanish yo‘nalishlari haqida vazirlikni oldindan ogohlantirmagan edi.

Top