16:25 / 30.07.2015
7714

Qodirov: Faqat Putin IShIDga qarshi kurashni boshqarishi mumkin

Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning fikricha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin IShIDga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro xatti-harakatlarni muvofiqlashtirib borishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Qodirovning so‘zlariga qaraganda, ayni paytda IShIDni yo‘q qilish uchun harakat qilinmayapti.
“Vaziyatni o‘nglash uchun hech narsa qilinmayapti. Ular bunga hech qachon erisha olmaydi ham. Vaziyatni nazoratga olishi va kafolatchi bo‘la olishi mumkin bo‘lgan yagona inson prezident Putindir”, – ta'kidladi Qodirov.
Shuningdek, u “prezidentga ulkan mehnat, katta mas'uliyat yuklanishi”ni ta'kidladi.

Top