18:51 / 30.07.2015
3433

Qozog‘istonda 16 sisterna benzin olib ketayotgan poyezd izdan chiqib ketdi

Qozog‘istonning Aktobe viloyatida Qudiq-Jom temir yo‘l yo‘nalishida tarkibida 16 sisterna benzin bo‘lgan yuk poyezdi izdan chiqib ketdi.

Qayd etilishicha, ayni paytda falokat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Bu haqda “Qozog‘iston temir yo‘llari” MK matbuot xizmati xabar berdi.

“30 iyul soat 15:20 da Aktobe viloyati temir yo‘lining Qandiag‘ash — Jom qismida Qudiq-Jom yo‘nalishida harakatlanayotgan 2908-raqamli yuk poyezdining 20ta, jumladan benzin ortilgan 16ta vagoni izdan chiqib ketdi”, deb aytilmoqda xabarda.

Qayd etilishicha, voqea tafsilotlarini tergov qilish uchun maxsus komissiya tashkil etildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.

Top