06:36 / 30.07.2015
2585

Shahzoda Ali ibn Al-Husayn: “Platini – FIFA uchun yaxshi nomzod emas. Muxlislar va o‘yinchilar bundan ko‘prog‘iga loyiqlar”

FIFA prezidenti lavozimiga sobiq nomzod, Iordaniya shahzodasi Ali ibn Al-Husayn UYeFA rahbari Mishel Platinining FIFA prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yish haqidagi qaroriga izoh berib o‘tdi.

“Platini – FIFA uchun yaxshi nomzod emas. Muxlislar va o‘yinchilar bundan ko‘prog‘iga loyiqlar.

FIFA hozirda mojarolar girdobida qolgan. Biz ishlarni odatdagidek qilganimizdek qilishdan to‘xtatishimiz kerak. Sahna orti va yashirin kelishuvlar amaliyotini bas qilish kerak.

Men alohida futbol federatsiyalari bilan futbol manfaati yo‘lida nima qilish kerakligi haqida maslahatlashaman. FIFA o‘tmishda turli shubhali operatsiyalar bilan o‘z nomiga dog‘ tushirmagan yangi mustaqil yetakchiga ehtiyojmand”, deb aytdi shahzoda.

Ma'lumot uchun, 29 may kuni Ali ibn Al-Husayn FIFA prezidenti lavozimiga saylovlarda Yozef Blatterga imkoniyatni boy bergan edi. Uning nomzodini Platini qo‘llab-quvvatlagan.

Top