13:05 / 30.07.2015
1980

Tojikistonda giyohvand moddalarning aniqlanishi 11.5 foizga kamaydi

Tojikiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari 2015 yilning birinchi yarmida 2.9 tonna giyohvand moddalarni aniqlashga va qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichlaridan 11.5 foizga kamroqdir. Bu haqda giyohvandlikni nazorat qilish agentligining matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qo‘lga olingan giyohvand moddalar ichida geroinning ulushi 363 kg ni (o‘tgan yilga nisbatan 48.9 foizga o‘sish), afyun ulushi 787.2 kg ni (8 foiz o‘sish), gashish ulushi 1.704 tonnani tashkil qiladi. Qolganlari marixuana va psixotrop tabletkalardan iborat.

Top