12:43 / 30.07.2015
5283

Toshkent va Dushanbe fuqarolik aviatsiyasi bo‘yicha kelishuv tayyorlamoqda

O‘zbekiston va Tojikiston havo aloqasi va havo transporti sohasida hamkorlik borasida hukumatlararo kelishuvni tayyorlamoqda.
“Ayni paytda normativ bazani ishlab chiqish jarayoni ketmoqda, shundan so‘ng aviatsiya sohasida tegishli kelishuv imzolanishi kerak. Shundan keyingina Dushanbe va Toshkent o‘rtasida aviaaloqaning tiklanishi haqida gapirish mumkin bo‘ladi”, – dedi Tojikiston transport vazirligi xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Farida Yoqubzoda Asia-Plus nashriga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga qaraganda, ushbu masala O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik borasidagi hukumatlararo komissiyaning oxirgi yig‘ilishida muhokama qilingan. Uchrashuv shu yilning iyunida Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi.
“Ikki davlat poytaxtlari o‘rtasidagi aviaaloqani tiklash masalasi O‘zbekiston tashabbusidan qayta muhokamaga qo‘yildi”, – ta'kidlab o‘tdi Yoqubzoda.

Top