19:57 / 30.07.2015
6482

Toshkentdagi dabdabali to‘ylarning tashabbuskorlari ayollar bo‘lmoqda

Toshkentning Birlashgan mahallasida xonadon egalari to‘y marosimlarining qaysi to‘yxonada o‘tishi, unga qancha odam taklif etilishi, qudalar o‘rtasidagi oldi-berdilarni mahalla faollari bilan bamaslahat hal qil qilish odat tusini olgan.

UzA nashrining qayd etishicha, bu ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik, to‘ylarning ixcham, fayzli o‘tishiga xizmat qilmoqda.

Ushbu mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Husniya Ro‘ziyeva dabdabali to‘ylarning tashabbuskorlari ayollar bo‘layotganiga e'tiborni qaratgan.

"Ortiqcha hashamlarga berilish holatlarining oldini olish maqsadida mahalladagi obro‘li xonadon vakillari, nuroniylar bilan birga ayollar o‘rtasida tushuntirish ishlarini muntazam olib boramiz. Mashaqqat bilan topilgan noz-ne'matlarning isrofi oqibatda yaxshilik keltirmasligi, shukronalik, qanoat insonga ziynat, obro‘-e'tibor keltiruvchi fazilat ekani to‘y egalariga batafsil tushuntiriladi. Bu o‘z samaralarini berayotir. Ammo besh qo‘l baravar bo‘lmaganidek, ba'zan bir kunlik hoyu havas deb oyog‘i yerdan uzilayotgan, milliy qadriyatlarimizga bepisand qarayotganlar ham uchrab turadi. Bunday oilalarga ham ortiqcha dabdaba obro‘ keltirmasligini yotig‘i bilan tushuntirib, topilgan mablag‘i hisobidan boquvchisini yo‘qotgan keksalar, bemorlar, kam ta'minlangan oilalarga muruvvat ko‘rsatish eng katta savob ekanini yetkazmoqdamiz", deydi Husniya Ro‘ziyeva.

Top