17:15 / 30.07.2015
2410

Toshkentdan Qo‘ng‘irotga qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» ko‘plab talab va istaklarga binoan Toshkent—Qo‘ng‘irot—Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd joriy qildi, deb yozmoqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati.

Manbaning yozishicha, yangi qo‘shilgan 54/53-raqamli reys Toshkentdan payshanba kuni soat 16:50 da yo‘lga chiqadi. Natijada bu yo‘nalishdagi qatnovlar haftasiga to‘rt martaga yetkadi.

Endi poyezd mazkur yo‘nalishda seshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlari harakatlanadi.

Top