01:35 / 30.07.2015
2114

Twitter auditoriyasining o‘sishi 2013 yildan beri eng past ko‘rsatkichni namoyon qildi

Twitter 2013 yilda ilk bor birjaga sotuvga chiqqandan keyin auditoriyasining o‘sishi bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichlar haqida hisobot berdi, bu salbiy natija kompaniya qiymatining 11 foizga arzonlashishiga olib kelgan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

2015 yilning 2-choragida ijtimoiy tarmoqning auditoriyasi 302 mln dan 304 mln foydalanuvchigacha oshdi. Kompaniyaga 2015 yilning 1 iyulidan rahbar etib tayinlangan Djyek Dorsi bunday ko‘rsatkichlarni nomaqbul deb atadi.

Sarmoyachilarni Twitter auditoriyasining o‘sish salohiyati va kompaniya bu sohada qiyinchiliklarga duch kelayotgani tashvishga solmoqda. Auditoriya o‘sishining sustlashishini ijtimoiy tarmoqning 2015 yilning 2-choragidagi kutilgandan yuqoriroq olingan daromadi ham qoplay olmadi.

Top