10:33 / 30.07.2015
2249

Zidan: Di Mariya "PSJ"ni rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqishi mumkin

"Real Madrid Kastiliya" jamoasi murabbiyi Zinedin Zidan "Real"ning sobiq o‘yinchilaridan biri, yaqindagina "MYu"dan "PSJ" jamoasiga o‘tgan argentinalik Anxel Di Mariyaning transferiga munosabatini bildirib o‘tdi.

"Bu futbolchi, parijliklar jamoasini yangi darajaga olib chiqa oladigan futbolchi hisoblanadi. Bu orqali "PSJ" Yevropa Chempionlar ligasida avvalgidan ancha yaxshi natijalar ko‘rsata boshlashi mumkin.

Di Mariya bu jamoada o‘zining bor salohiyatini namoyish eta olishi mumkin. U tezlik olsa, vaziyatlarni bir o‘zi hal qila oladi. O‘ylashimcha, yaqin orada bunga hammamiz guvoh bo‘lamiz", deydi fransiyalik sobiq futbolchi Zidan BFM TV telekanaliga bergan intervyusida.

Biroz oldinroq, "MYu" bu qanot hujumchisini 65 mln yevro evaziga Parijning "PSJ" jamoasiga transfer qilgani haqida xabar berilgandi.

Top