18:24 / 31.07.2015
2925

“O‘zbekkino” yil davomida xususiy kinokompaniyalarning 70ta ssenariysini yaroqsiz deb topgan

30 iyul kuni Toshkentdagi matbuotchilar uyida “O‘zbekkino” milliy agentiligining “Milliy kinematografiya san'atini rivojlantirish muammolari va istiqboldagi rejalar” mavzusida konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda turli xil savollarga javob berildi. Jurnalistlar xususiy kinostudiyalarda suratga olinayotgan past saviyadagi filmlarning ko‘payib ketayotgani to‘g‘risidagi savol bilan agentlik mas'ullariga savol berishdi.
Ma'lum bo‘lishicha, shu yil davomida agentlikka xususiy kinokompaniyalardan umumiy hisobda 98ta ssenariy kelib tushgan. Ulardan 70tasi esa suratga olishga yaroqsiz deb topilgan. Badiiy kengash a'zolarining ta'kidlashicha, taqdim etilgan kinossenariyning birgina sahifasidan 55ta orfografik xato topilgan holatlar ham bo‘lgan.

Top