20:57 / 31.07.2015
4630

“Suvsoz” sovuq suv bosimining past kelishi bo‘yicha tushuntirish berdi

“Suvsoz” davlat unitar korxonasi turar-joy binolarida sovuq suv bosimining kamayishini kechki payt undan foydalanishning ortishi bilan tushuntirmoqda.

Korxona bergan ma'lumotlarga ko‘ra, issiq kunlarda sovuq suv iste'moli ortadi, ayniqsa bu holat soat 18:30 dan 21:30 gacha o‘z cho‘qqisiga chiqadi va buning oqibatida sovuq suv shahar tarmoqlaridagi bosim tushib ketadi. Shuningdek, past bosimga suvning sizib chiqib ketayotgani, uylar ichidagi quvurlarning chiqindilar bilan to‘lib qolishi hamda santexnikaning nosozligi ham sabab bo‘lishi mumkin.

“Suvsoz” kechki payt uy oldidagi poliz maydonlari, ko‘chalar yoki mashinalarni yuvish qat'iyan taqiqlanishidan ogohlantiradi.

“Suvsoz” mutaxassislari agar aholi o‘z uylarida sovuq suv bosimining pasayib ketish holatiga uchrasa, birinchi navbatda santexnikaning texnik holatini tekshirib ko‘rishni va uy-joy mulkdorlari shirkatiga murojaat qilishni tavsiya qiladi. Agar muammo bunda bo‘lmasa, unda fuqarolar tuman “Suvsoz” tashkilotiga uy ichi tarmog‘idagi sovuq suv bosimini o‘lchash uchun murojaat qilishlari lozim.

Top