20:17 / 31.07.2015
3348

1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga alohida ehtirom ko‘rsatilmoqda

“Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturiga muvofiq O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tizimidagi 15 ta sanatoriyda yil boshidan jami buyon 1072 nafar urush va mehnat fronti faxriysi davlat byudjyeti hisobidan, 57 nafar urush va mehnat fronti faxriysi esa kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan sog‘lomlashtirildi.

Joriy yilning 31 iyul holatiga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda 455 nafar ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylari dam oldirilib, salomatliklari mustahkamlanmoqda.

Faxriylarni sanatoriyalarda sog‘lomlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish maqsadida Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va bir qator vazirliklar, mahalliy hokimliklar hamda “Nuroniy” jamg‘armasi mutaxassislaridan iborat Respublika hamda hududiy Ishchi guruhlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shunindek, kasaba uyushmalari Federatsiya Kengashi tomonidan yuqoridagi vazifalarning ijrosi yuzasidan doimiy monitoring olib borilmoqda.

Ayni kunlarda tizimdagi sanatoriylarda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramini tantanali nishonlash maqsadida  “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida urush va mehnat fronti faxriylari ishtirokida davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Faxriylar mazkur sanatoriylarda o‘zlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda qo‘shimcha qulayliklar uchun bugungi dorulomon hayotga shukronalar aytib, davlatimiz tomonidan keksalarni e'zozlash yo‘lida amalga oshirayotgan ishlar uchun minnatdorlik bildirmoqdalar.

Urushning birinchi kunlarida xizmatga chaqirilib, Kupensk shahrida xizmatni boshlaganman, - deydi tizimdagi Abu Ali Ibn Sino nomli sanatoriyda sog‘lamlashtirilayotgan Xorazm viloyatilik  Nikolay Radjabov. - Janglarning birida boshimdan yaralanib, uzoq vaqt gospitalda davolangandan so‘ng, nogiron bo‘lib uyga qaytganman. Prezidentimiz tomonidan  9 may “Xotira va qadirlash kuni” kuni munosabati bilan “G‘alabaning 70 yilligi” ordeni bilan taqdirlanganligim  uchun Yurtboshimizga chuqur minnatdorchilik bildiraman. O‘zbekistonda keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan chuqur hurmat va ehtiromdan behad mamnunmiz.  

 

Top