12:33 / 31.07.2015
2257

Airbus Group’ning yarim yillik sof foydasiga 34 foizga ko‘paydi

Airbus Group konsernining joriy yil birinchi yarmidagi sof foydasi 34 foizga ko‘payib, 1.524 mlrd yevroni tashkil qildi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xabarnomasi orqali ma'lum qilindi.
Aktsiyalarga hisoblaganda foyda 1.94 yevroni tashkil qildi, o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichlari 1.45 yevroni tashkil qilar edi. Tushum 6 foizga ko‘payib, 28.893 mlrd yevroni tashkil qildi.
Ikkinchi chorak yakunlariga ko‘ra sof foyda 5 foizga o‘sib, 732 mln yevroga yetdi. Aktsiyaga hisoblangan foyda 0.93gacha ko‘tarildi, o‘tgan yil ikkinchi choragi ko‘rsatkichi 0.89 yevro edi. Tushum ko‘payishi bir yil hisobida 16 foizni tashkil qilib, 16.815 mlrd yevroni tashkil qildi.

Top