12:19 / 31.07.2015
3887

Andijon mashinasozlik institutining birinchi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

2015 yilning 22 iyulida Andijon mashinasozlik institutining birinchi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi. Tadbirda bir qator davlat organlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ular ichida O‘zbekiston Qahramoni, GM Uzbekistan bosh texnologi Hasanboy Qosimov ishtirok etdi.
“Pravda Vostoka” nashrining yozishicha, ushbu bitiruvchilarining 96.5 foizi allaqachon ishga taklif oldilar.
“Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash uchun oliygohda bir qator fakultetlarga asos solingan, – deydi institut rektori Anvar Teshaboyev. – Bakalavr va magistrantlar o‘n yo‘nalishda ta'lim oladi. Ular ichida avtomobilsozlik va traktorsozlik, mashinasozlik texnologiyasi, avtomatizatsiya singarilari bor. Institutda 3 227 talaba tahsil ko‘rmoqda”.

Top