14:59 / 31.07.2015
2324

Andijonda yashovchi shaxs 7 kg marixuana bilan qo‘lga olindi

Andijon viloyatining Izboskan tumanida ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan operativ tadbir natijasida shu tumanda yashovchi, 60 yoshli shaxs 23,6 gramm «marixuana» giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ushlangan.

Uning uyi xolislar ishtirokida tekshirilganida 7 kilogramm 43 gramm «marixuana» giyohvandlik moddasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top