01:08 / 31.07.2015
12246

AQSh Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritdi

AQSh rossiyalik tadbirkorlar va kompaniyalarga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritdi, deb ma'lum qilinmoqda AQSh Moliya vazirligi saytida.

Sanktsiyalar Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RFPI), “VEB-lizing”, “VEB Kapital”, "Svyaz-bank", “RN-Yuganskneftegaz”, Rosneft Trading, EKSAR, Globeks” bankiga qarshi kiritildi.

Yangilangan “qora” ro‘yxatga Roman Rotenberg, Sergey Kurchenko va Aleksandr Yanukovich (Viktor Yanukovichning o‘g‘li) kiritildi.

Bundan tashqari, sanksiyalar Qrim yarimorolidagi Sevastopol, Yevpatoriya, Feodosiya, Kerch, Yalta portlari va Kerch parom kechuviga qarshi ham kiritildi.

AQSh hukumati Ukrainadagi mojaro tufayli hammasi bo‘lib 11 ta jismoniy va 15 ta yuridik shaxsga nisbatan sanksiya kiritdi.

Top