11:36 / 31.07.2015
2250

"Barselona" muxlislari jamoa himoya chizig‘ining kuchaytirilishini istashmoqda

Ispaniyaning El Mundo Deportivo gazetasi “Barselona” o‘z tarkibini kuchaytirishi kerakmi yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida muxlislar orasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, “kataloniyaliklar”ning 51 foiz muxlisi jamoa himoya chizig‘ini kuchaytirishi kerak deb hisoblagan. 11 foiz muxlis yarim himoya chizig‘iga e'tibor qaratish kerak deb hisoblagan bo‘lsa, 6 foiz ishtirokchilar hujumni kuchaytirishni ma'qullagan.

Ma'lumot uchun, joriy transfer oynasi vaqtida “Barselona” tarkibiga “Atletiko Madrid”dan Arda Turan hamda “Sevilya”dan Aleyks Vidal kelib qo‘shildi. 

Top