14:54 / 31.07.2015
3128

Gollandiya banki mijozlariga ovozli autentifikatsiyaga o‘tishni taklif qildi

Gollandiyaning ING banki o‘z faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilgan holda o‘z mijozlariga ovozli autentifikatsiya xizmatini taklif qilmoqchi.
Ma'lumki, odatda bankdan telefon orqali ma'lumot olish uchun mijozni tanitish parollari joriy qilinadi. Ya'ni, biror ma'lumot olish uchun mijoz dastlab o‘z parolini eslab, uni tasdiqlatib olganidan keyingina murojaat qila oladi.
Endilikda parol vazifasini mijozning ovozi bajarishi aytilmoqda. Buning uchun tizimga har bir mijozning ovozi kiritiladi. So‘rov kelib tushganida mijoz ovoz orqali tanib olinadi, shundan so‘ng telefon orqali kerakli bank xizmatlari ko‘rsatilaveradi.
ING banki tomonidan qo‘llaniluvchi ovozli biometriya texnologiyasi Nuance Enterprise kompaniyasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Mualliflarning aytishicha, ushbu texnologiya nafaqat o‘ta xavfsizligi bilan diqqatni tortadi, balki parollarni esdan chiqaruvchi mijozlarning ham hayotini osonlashtiradi.

Top