22:17 / 31.07.2015
3186

Isroil XAMASning “g‘azab kuniga” chaqirig‘idan keyin Al-Aqsa masjidiga kirishni cheklab qo‘ydi

Isroil hukumati juma namozini ado etmoqchi bo‘lgan musulmonlarning Quddusdagi Al-Aqsa masjidiga kirishlarini cheklab qo‘ydi, deb xabar bermoqda Quvaytning “Al-Ray” nashriga iqtibos keltirgan holda “TASS” axborot agentligi. Isroil hukumati XAMAS harakatining “Isroil tajovvuziga qarshi g‘azab kuniga” chaqirig‘i sababli shunday qarorga keldi.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, Isroil politsiyasi “Al-Xaram ash-Sharif” majmuasiga 50 yoshdan kichik bo‘lganlarni kiritmayapti. Falastin va Isroil politsiyachilari yuqori tayyorgarlikka keltirilgan.

Bunday choralarning qabul qilinishiga Falastindagi Duma qishlog‘ida o‘t qo‘yilishi oqibatida 1,5 yashar bolaning o‘limiga, 3 kishining jarohat olishiga olib kelgan voqea sabab bo‘ldi. Ushbu jinoyatni yahudiy ekstremistlar amalga oshirgani taxmin qilinmoqda.

Top