18:52 / 31.07.2015
2174

Latviya AQSh bilan qurol-aslaha yetkazib berilishi bo‘yicha kelishib oldi

Latviya va AQSh Stinger rusumidagi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari yetkazib berilishi bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda Latviya qurolli kuchlari qo‘mondoni Raymonds Graube ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Hozircha yetkazib berilishi kutilayotgan qurol-aslahaning umumiy summasini ham, miqdorini ham ayta olmayman, chunki bu masalaning hal qilinishi 2016 yilgi byudjyetning qabul qilinishiga ta'sir ko‘rsatadi. Agar hammasi rejadagidek ketadigan bo‘lsa, keyingi yilda muzokaralarni boshlaymiz”, deb aytdi Graube.

Eslatib o‘tamiz, Latviya 2004 yildan buyon NATO a'zosi hisoblanadi.

Top