13:11 / 31.07.2015
2388

Luis Suares: APL dunyodagi eng yaxshi liga, lekin eng yaxshi komanda “Barselona”dir

“Barselona” forvardi Luis Suares o‘z faoliyatining bundan keyingi borishi haqida fikr bildirdi.
“Men kareramni boshlagan yerimda – “Nasonal”da tugatishni istardim. Ammo qachondir “Ayaks”ga ham qaytsam yaxshi bo‘lardi. MLS? Bu ham yaxshi tanlov. Balki bu ham bo‘lar. AQShda odamlar stadionlarni to‘ldira boshlashdi”, – dedi u.
“Menimcha, APL dunyodagi eng yaxshi liga, lekin eng yaxshi komanda “Barselona”dir, – so‘zida davom etdi sportchi. – Dunyodagi eng yaxshi o‘yinchilardan biriman deb ayta olmayman, lekin eng yaxshi jamoa tarkibida ekanligimdan xursandaman”.

Top