13:03 / 31.07.2015
3085

Oq nahang amerikalik suzuvchining rekord o‘rnatishiga to‘sqinlik qildi

Kattakon oq nahang amerikalik suzuvchi Simon Domingesning rekord o‘rnatishiga to‘sqinlik qildi. U birinchi bo‘lib San-Frantsiskodagi Oltin Darvozalardan Farallon orollariga suzib bormoqchi edi. Bu haqda AR agentligi xabar bermoqda.
Dominges suvda 18 soat bo‘ldi. U manzilga yetib borishiga 4.8 km qolganida uning yordamchi qayiqdagi qizi nahangni payqab qoldi. 49 yoshli sportsmen qayiqqa chiqib olishga majbur bo‘ldi.
“Bu og‘ir bo‘ldi, ammo nahang baribir nahang”, – dedi sportchi.

Top